Moskva hozircha Dushanbedan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga kirish ishorasini olgani yo‘q, dedi Rossiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksey Overchuk Peterburgda o‘tayotgan xalqaro iqtisodiy forumda.

– Dushanbedan mazkur tashkilotga kirish bo‘yicha signal kelgani yo‘q, – dedi u. – Ayni qarorni ular qabul qilishi kerak. Bu qanday yuz beradi – qismanmi yoki butunlay, Tojikiston hal qiladigan masala. Moskva Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga qanday imtiyozlar berilishini mamlakat yetakchilariga yetkazadi, xolos. Bu to‘siqsiz savdo, yagona bojxona hududi va mehnat bozori.

“RIA Novosti” yozishicha, Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi 17 iyungacha davom etadi.