“O‘zmilliybank” AJ uy-joy xarid qilish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun quyidagi shartlar asosida ipoteka kreditlarini taklif etadi.
Birlamchi bozordan uy-joy xarid qilish uchun:
· Muddati – 20 yil.
· Imtiyozli davr – 6 oy.
· Kredit foizi – 18 foiz.
· Dastlabki badali – kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda.
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy xarid qilish uchun:
· Kredit muddati – 120 oy (24 oygacha imtiyozli davr bilan);
· Kredit foizi: 25% boshlang‘ich badal to‘laganda yillik – 24%;
· 30% boshlang‘ich badal to‘laganda yillik – 23%;
· 40% boshlang‘ich badal to‘laganda yillik – 21%.
Shuningdek rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy xarid qilish uchun:
· Muddati – 10 yil.
· Imtiyozli davr – 24 oy.
· Kredit foizi – 21 foiz.
· Dastlabki badali – kvartira qiymatining 40 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda.
Murojaat uchun telefonlar: 📞 1344 📞 78-148-00-10
Reklama huquqi asosida.
O‘zA