Qatar madaniyat vaziri Abdurrahmon bin Hamad bin Jassim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov hamrohligida Samarqanddagi Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasida bo‘ldi. Xorijlik mehmon bu yerdagi rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qatar madaniyat vaziri  Abdurrahmon bin Hamad bin Jassim bin  Hamad Ol Soniy  tanishuv jarayonida binoning tarixiy ahamiyatini yo‘qotmaslik, majmua tarkibidagi buyuk alloma muzeyini yanada boyitish borasida o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, xorijlik mehmon bugun qatarliklarni ham axborot texnologiyalarining jadallik bilan rivojlanishi sabab milliy qadriyatlarga xurujlarning ortishi tashvishga solayotgani va bu borada samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhimligini alohida ta’kidladi.

Muloqot davomida har ikki davlat vakillari bu borada hamfikr ekanligi ayon bo‘ldi. Ta’kidlanganidek, qadriyat masala har bir xalq uchun jiddiy yondashuvni talab qiladi.

N.Usmonova, O‘zA