Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan surishtiruvchi va tergovchilar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli tarzda o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra faxrli birinchi o‘rinni Nukus shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi podpolkovnik Umida Orazbayeva, ikkinchi o‘rinni Bo‘zatov tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov guruhi tergovchisi kapitan Nodirbek Davlatov, uchinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchisi mayor Nurbek Bekmuratov va Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov guruhi katta tergovchisi kapitan Zafar Allamov egalladi.

Musobaqa g‘oliblariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Dovud ABIBULLAEV,  

O‘zA muxbiri