FOTOREPORTAJ

Sirdaryo viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev boshchiligida bir guruh sirdaryolik faollar va yoshlar ikki kunlik tashrif bilan Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanida bo‘ldi.

Tashrifning birinchi kunida mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. “Jayhun” o‘yingohida “Yangi O‘zbekistonda madaniyatimiz va do‘stligimiz abadiy bo‘lsin” shiori ostida bo‘lib o‘tgan konsert dasturi esa barchaga birdek ko‘tarinkilik baxsh etdi. Konsert avvalida Qanliko‘l tumani yoshlar yetakchilariga noutbuk va sport anjomlari tantanali topshirildi. El suygan san’atkorlarining yurt, tinchlik va do‘stlikni madh etuvchi qo‘shiqlari bir-biriga ulanib ketdi.

Tumandagi “Sayxun va Jayhun” ma’naviyat va ma’rifat maskanida sirdaryolik va qoraqalpog‘istonlik ijodkorlar ishtirokida mushoira kechasi tashkil etildi.

Yoshlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha Sirdaryo viloyat hokimi kubogining final bahsi g‘olib va sovrindorlari aniqlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA