FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi 2-sport maktabida dzyudo bo‘yicha kattalar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 300 nafardan ziyod sportchi 7 vazn toifasida o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida Qashqadaryo viloyati sportchilari birinchi o‘rinni egalladi. Toshkent shahri jamoasi ikkinchi, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

G‘olib sportchilar va jamoalar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan kubok, diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA