1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari V.Yerniyazova Xo‘jayli tumanidagi “Mehribonlik uyi”dan olti nafar bolani tarbiyasiga olgan oilaviy bolalar uyiga bayram sovg‘alarini ulashdi.
O‘z navbatida Byuroning qolgan hududiy tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan, aliment oluvchi fuqarolarning holidan xabar olinib, ularning farzandlariga bayram sovg‘alari va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Har yili tashkil etiladigan bu kabi tadbirlar tizim xodimlarining shaxsiy tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri