“Anadolu” axborot agentligi “Save the Children” (Bolalarni asrang!) xalqaro nohukumat tashkiloti taqdim etgan maqolani e’lon qildi.
Dunyoda 449 milliondan ziyod bola qizg‘in mojaro hududida qolmoqda. Har yili ko‘p sonli bolalar va o‘smirlar ayni jarayon qurboniga aylanadi.
1982 yil 19 avgustda Falastin masalasi bo‘yicha favqulodda maxsus sessiyada BMT Bosh Assambleyasi “Isroilning tajovuzkor harakati qurboni bo‘lgan juda ko‘p begunoh falastinlik va livanlik bolalardan tashvishda qolgan holda” har yilning 4 iyunini “Xalqaro tajovuz qurbonlari – begunoh bolalar kuni” sifatida nishonlashga qaror qildi.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, bolalarga qarshi jinoyatlar qatoriga qotillik, jinsiy zo‘ravonlik, tanaga jarohat yetkazish, voyaga yetmaganlarni mojaroda ishlatish, gumanitar yordamdan mahrum qilish va bolalarni hibsga olish kiradi.
2021 yil 1,6 milliard yoki dunyo bolalarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i nizodan jabrlangan mamlakatlarda yashagan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 9 foiz oshdi, deyiladi hisobotda.
2021 yil qurolli mojaro chog‘ida bolalarga nisbatan 23 982 marta jiddiy huquqbuzarlik sodir etilgan. Qoidabuzarlikning 22 645 tasi 2021 yilga to‘g‘ri keladi, 1 337 tasi o‘tgan yillarda sodir etilgan va 2021 yil tasdig‘ini topgan.
Qayd etilishicha, 19 165 bola qotillik, tana jarohati, mojaroda qatnashish, insonparvarlik yordamiga to‘sqinlik qilish kabi jinoyatlarga qo‘l urgan.
Hisobotda qayd etilishicha, xuddi shu davrda 2515 bola halok bo‘lgan, 5555 nafar voyaga yetmagan nogiron bo‘lib qolgan. 6310 nafar voyaga yetmagan boladan urushda foydalanilgan, 3945 nafar bola esa insonparvarlik yordamidan mahrum bo‘lgan.
2021 yil Afg‘oniston, Kongo Demokratik Respublikasi, Isroil, Falastin,
Somali davlatlarida, shuningdek Suriyaning Damashq va Yaman nazoratidagi hududlarida bolalarga nisbatan eng ko‘p jinoyat yuz bergan.
Muharrama Primatova, O‘zA