Tasviriy va amaliy san’at festivali

Qoraqalpog‘iston Respublikasida an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali boshlandi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi S.Baybosinov va boshqa taniqli rassomlarning qariyb 60 yil davomida chizgan suratlari, haykaltarosh va hunarmandlarning ijodlari ko‘rgazmaga qo‘yildi. Tadbir doirasida badiiy san’at ixlosmandlari uchun dizayner A.Nurimbetova tomonidan yaratilgan milliy liboslar ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.

Akademik S.Baybosinov va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi B.Aytmuratov ishtirokida 1-musiqa va san’at maktabida “Ochiq osmon ostidagi mahorat darsi” o‘tkazildi.

7.jpg

Festival doirasida, shuningdek, Chimboy tumanida U.Saparovning rasmlar ko‘rgazmasi, dizaynerlar D.Adilshayeva va G.Saparbayevaning milliy liboslar ko‘rgazmasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, taniqli musavvir J.Lepesov ishtirokida mahorat darslari o‘tkaziladi. I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida taniqli rassomlar V.Enin, A.Tyurin va A.Boboyevning ko‘rgazmalari ochiladi. 22-musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari chizgan suratlar ko‘rgazmasi, akademik S.Baybosinov, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi A.Rajapov bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Nukus shahridagi ko‘rgazmalar saroyida taniqli rassomlar ishtirokida mahorat darslari o‘tkaziladi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi hamda Nukus madaniyat va san’at kolleji o‘quvchilari chizgan suratlar ko‘rgazmaga qo‘yiladi. Yosh dizayner S.Dao‘qarayevaning milliy liboslar ko‘rgazmasi namoyish etiladi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ko‘rgazmalar saroyida Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari tomonidan mahorat darslari o‘tkaziladi.

9.jpg
28.jpg

 

Anvar Nasirlayev, Maqsad Habibullayev (surat) O‘zA