JSST ma’lumotiga ko‘ra, yana 50 millionga yaqin kishi og‘ir jarohat olib, bir umr nogironga aylanadi. Yo‘l-transport jarohati bolalar va yoshi 5 dan 29 gacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘lim sababining asosiy qismini tashkil etadi.
Yo‘l-transport jarohati odamlar va ularning oilalari umuman mamlakat uchun og‘ir iqtisodiy qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Chunki, davolanishga mablag‘ kerak bo‘ladi, ishlab chiqarish samaradorligi yo‘qotiladi, shuningdek, yaqinlarini mehnat qilish va ta’lim olishidan mahrum qiladi, zero ular jabrlanganlarni parvarish qilishga majbur bo‘ladi.
Yo‘l-transport hodisalaridan ko‘rilgan zarar ayrim mamlakatlarda YAIMning 3 foizigacha yetadi. Tezlik o‘rtacha 5 foizga tushirilsa oqibati o‘lim bilan kechadigan halokatlar 30 foizgacha qisqarar ekan.