Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 16-18, kunduzi 20-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli yomg‘ir yog‘adi, do‘l yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli yomg‘ir yog‘adi, do‘l yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish sekundiga 23-25 metrgacha tezlashishi, ayrim tumanlarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, Qashqadaryo viloyatida vaqti-vaqti bilan kuchli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi tumanlarda do‘l yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish sekundiga 23-25 metrgacha tezlashishi, ayrim tumanlarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 17-22, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi tumanlarda do‘l yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. (2000 metrdan yuqori bo‘lgan) Baland tog‘li hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-11, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
16-17 may kunlari O‘zbekiston hududiga Kasbiy dengizining janubiy hududlari orqali nam havo, so‘ngra Volgabo‘yi tumanlaridan sovuq havo kirib keladi.
16-17 may kunlari respublikamizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, 17 may kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari va respublikamizning tog‘li joylarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim tumanlarda do‘l yog‘ishi mumkin.
(2000 metrdan yuqori bo‘lgan) Baland tog‘li hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
16-17 may kunlari respublikamizning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ba’zi tumanlarda chang to‘zonlari bilan birga sekundiga 23-25 metrgacha tezlashishi mumkin.
16 may kuni respublikamiz shimolida, 17 may kuni respublikamizning qolgan hududlarida kunduzgi havo harorati 17-22 darajagacha pasayadi.
16-17 may kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.
O‘zA