Diplomatik vakolatxonaning ta’kidlashicha, bu qaror diplomatlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

Elchixona faoliyatini qachon davom ettirishi noma’lum.

OAVning yozishicha, Shvetsiya elchixonasi faoliyatining to‘xtatilishiga 21 yanvar kuni Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi qarshisida Qur’on yoqib yuborilishi bilan bog‘liq Pokistonda o‘tkazilgan ommaviy noroziliklar sabab bo‘lishi mumkin.

G. Abdullayev, O‘zA