Shimoliy Koreya bugun Pxenyan yaqinidan Yapon dengizi tomon o‘rta yoki uzoq masofali ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtabi qo‘mondonlari qo‘mitasiga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar berdi.
Janubiy Koreya harbiylariga ko‘ra, raketa mahalliy vaqt bilan soat 07:23 da uchirilgani qayd etilgan.
“Biz AQSH bilan yaqin hamkorlik, kuzatuv va hushyorlikni kuchaytirishga to‘liq tayyormiz”.
Raketa taxminan ming kilometr masofani bosib o‘tgan.
Ta’kidlanishicha, snaryad yuqori burchak ostida uchirilgan.
“KXDR tomonidan ballistik raketa uchirilishi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarining ochiqdan-ochiq buzilishi hamda Koreya yarim oroli va butun dunyoda tinchlik-barqarorlikka putur yetkazuvchi qo‘pol provokatsiyadir”, deyiladi xabarda.
Yil boshidan beri Shimoliy Koreyaning to‘qqiz marta turli masofaga uchadigan raketa uchirgani xabar beriladi.
O‘zA