Avval xabar berilganidek, poytaxtimizdagi respublika olimpiya zaxiralari tennis kortlarida “Billi Jin King” kubogining Osiyo va Okeaniya birinchi guruhidan o‘rin olgan o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bellashuvlarda mamlakatimiz tennischilari bilan birga Yaponiya, Tailand, Xitoy, Janubiy Koreya hamda Hindiston terma jamoalari ham ishtirok etmoqda.
Tennis maktabining 3 ta kortida musobaqalar avj pallasiga chiqdi. Ayni damlarda tennischi qizlarimiz Hindiston jamoasiga qarshi yakkalik va juftlik bahslarida bellashmoqda.
Musobaqalar 15 aprelga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA