Xitoy bojxona xizmati statistikasiga ko‘ra, o‘tgan yili Xitoy bilan Tojikiston o‘rtasida 2,6 milliard dollarlik savdo amalga oshirilgan. Bu 2021 yil bilan solishtirganda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 40 foizga oshganini bildiradi, deb yozmoqda Tojikistonning “Hovar” agentligi.
Xitoy Tojikiston iqtisodiyoti uchun yirik investitsiya manbai hisoblanadi. 2022 yil yanvar oyidan to sentyabr oyigacha Xitoy investitsiyasi Tojikiston iqtisodiyotiga jalb qilingan jami xorijiy investitsiyalarning qariyb 40 foizini tashkil qilgan. Ikki mamlakat o‘rtasida transport, energetika va sanoat sohalarida qator muhim infratuzilmaviy loyihalar, amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun: Tojikiston va Xitoy munosabatlarining asosiy tamoyillari to‘g‘risidagi Deklaratsiya 1993 yil 9 mart kuni imzolangan. Ushbu hujjat ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishi uchun mustahkam huquqiy poydevor yasadi va ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qilmoqda, deyiladi xabarda.