Kelayotgan shanba kuni Germaniya qolgan barcha atom elektr stansiyalarini butunlay to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu yerda gap uchta energoblok haqida bormoqda, deb xabar tarqatdi Yeuronews.

Umuman, reja bo‘yicha ushbu AES o‘tgan yilning oxirgi oylarida to‘xtatilishi kerak edi, biroq Ukrainadagi vaziyat va undan keyin boshlangan energetika inqirozi ushbu rejaning orqaga surilishiga sabab bo‘ldi. Hatto, inqiroz sharoitida energobloklarni nafaqat to‘xtatmaslik, balki avval to‘xtatilgan reaktorlarni ham qayta ishga tushirish kerakligi haqidagi fikrlar ham bildirilgandi.

Olib borilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, Germaniya aholisining chorak qismidan ko‘prog‘i AESlardan voz kechishni yoqlagan. Uchdan ikki qismi esa yoki atom energetikasini saqlab qolish, yoki kamida reaktorlardan  foydalanish muddatini uzaytirishni ma’qullagan.

Stansiyalarni yopishga qarshi chiqayotganlarning aksariyati  stansiyalardagi texnikalar hamda yadroviy chiqindilarni utilizatsiya qilish juda qimmatga tushishini ta’kidlashmoqda.