Rus ta’limi qozog‘istonlik yoshlar orasida mashhur bo‘lib, ayni paytda Rossiya Federatsiyasi oliy o‘quv yurtlarida respublikaning 68 ming fuqarosi tahsil olmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Bosh vazir o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu ma’lum qildi.
“Bu mening qozog‘istonlik yoshlar Rossiya oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishga intilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotimni tasdiqlaydi”, dedi u Moskvada Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralardan so‘ng.
Nurtleu ta’lim sohasi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlardagi eng istiqbolli va muhim sohalardan biri ekanligini qo‘shimcha qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining diplomlari qadrlanadi. U Moskva davlat xalqaro munosabatlari institutida ko‘plab taniqli siyosatchilar, jumladan, davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev, jurnalistlar va jamoat arboblari ta’lim olganini eslab o‘tdi.
Rossiya bu universitetda qozog‘istonlik talabalarga o‘qish uchun yettita o‘rin ajratadi, deb qo‘shimcha qildi TIV rahbari.
O‘zA