Jahon iqtisodiyoti inflyatsiyaning yuqoriligi va moliya sektoridagi muammolar sharoitida juda sust tiklanmoqda, dedi Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) taqsimlovchi direktori Kristalina Georgiyeva.

“Biz hali ham jahon iqtisodiyotining tiklanishi sust kechayotganiga qaramay, o‘zini o‘nglab olishiga bo‘lgan  ishonchimizni yo‘qotganimiz yo‘q”, – dedi u dushanba kuni Jahon banki prezidenti Devid Malpass bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda.

XVJ rahbarining ta’kidlashicha, jahon iqtisodiyoti “inflyatsiyaning yuqoriligi” bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf qilish uchun markaziy banklar  stavkalarni ko‘tarishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa moliya sektorida muammolarni keltirib chiqarmoqda, dedi u.