Magnit bo‘ronlari odatda quyosh faolligi ta’sirida yer magnit maydonining keskin o‘zgarishi bo‘lib, bir vaqtda Yer yuzining yirik maydonlarida kuzatiladi va ko‘pchilik buni his qiladi. Ayniqsa yurak-qon tomir, asab sohasining surunkali kasalliklariga ega insonlar bu jarayonlarni og‘ir o‘tkazishadi.

“Meteoagent” ob-havo sayti tomonidan ma’lum qilinishicha, 10 va 11 aprel kunlarida yerga magnit bo‘roni kelishi kutilmoqda. Prognozga ko‘ra, uning kuchi 4 ballni tashkil qiladi.

Magnit bo‘roni — bu quyosh chaqnashlari natijasida sayyoramizning geomagnit maydonining buzilishi. Bu jarayonlar ob-havoga sezgir, keksalar va surunkali kasalliklarga chalingan odamlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladi.

Aprel oyida yana bir nechta magnit bo‘ronlari kuzatiladi. 16 va 17 aprel kunlari oyning uchinchi bo‘roni 4 ballgacha bo‘lishi kutilmoqda. Oyning oxirgi va eng kuchli magnit bo‘roni 20 va 21 aprel kunlari prognoz qilinmoqda – uning kuchi 6 ballga etadi.

O‘zA