10 aprel kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Qosim-Jomart Toqayev taklifiga binoan, Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan keladi, deb xabar berdi Akorda matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, Ostona shahrida ikki davlat rahbarlarining tor doiradagi va kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvlari rejalashtirilgan. Kun tartibidan mavjud strategik sheriklikni rivojlantirishga oid muhim masalalar o‘rin olgan.

O‘zA