“Burgut” - musobaqa g‘olibi

Nukusda “Yosh chegarachilar” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda chegaraoldi hududlardagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilaridan iborat 7 jamoa ishtirok etdi.

Musobaqa ishtirokchilari saf tayyorgarligi, turnikda tortilish, granata uloqtirish hamda harbiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy yo‘nalishda bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Amudaryo melioratsiya va suv xo‘jaligi kasb-hunar kollejining “Burgut” jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Shumanay pedagogika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining “Turon” jamoasi ikkinchi, Xo‘jayli transport kasb-hunar kollejining “Jasurlar” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

2 (1).jpg
17.jpg

 

Maqsad Habibullayev (surat) O‘zA