Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati Tayvandagi vaziyat yuzasidan Xitoy bilan ziddiyatga intilmayapti. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken “Euronews” telekanaliga bergan intervyuda aytib o‘tdi.
“Biz Tayvan masalasida inqirozni istaymiz, bu haqda Xitoyga ko‘p marta aytganmiz. Aksincha, biz tinchlik, barqarorlikni saqlash uchun imkoniyatlar yaratmoqdamiz. O‘n yillar davomida Tayvan masalasida bizning qarashlarimiz o‘zgarmagan”.
“Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi har qanday kelishmovchilikni tinch yo‘l bilan hal qilish kerak. Hech bir tomon status-kvoni buzadigan hech qanday harakat qilmasligi kerak”, deb ta’kidladi Bosh kotib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH ittifoqchilari va hamkorlari, ayniqsa Osiyo mamlakatlari, “agar Xitoy va orol o‘rtasida nizo chiqsa, uning oqibati deyarli barcha davlatlarga ta’sir qiladi”.
“Dunyodagi tijoriy transportning 50 foizi har kuni Tayvan bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. Smartfonlar, avtomobillar va boshqa mahsulotlarga zarur bo‘ladigan yarim o‘tkazgichlarning 70 foizi orolda ishlab chiqariladi. Shuning uchun inqirozning dunyo iqtisodiyotiga ta’sirining oldini olish uchun hammadan mas’uliyatli xatti-harakatlar qilish talab etiladi”, deb qo‘shimcha qildi Blinken.
O‘zA