“6 aprel kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Tojikiston Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi muvaffaqitli yakunlandi, Ozarbayjon davlati rahbari Dushanbedan Bokuga qaytib ketdi”, – deyiladi Tojikistonning “Hovar” agentligi tarqatgan xabarda.

Dushanbe xalqaro aeroportida Tojikiston Respublikasi Prezidenti  Emomali Rahmon Oliy martabali mehmonni samimiy ehtirom bilan o‘z yurtiga kuzatib qo‘ygan.

Ozarbayjon Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi  ikki kun, ya’ni  5-6 aprel kunlari bo‘lib o‘tdi.

“Tashrif davomida ikki davlat rahbarining oliy darajadagi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan, shuningdek, ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari o‘zaro muzokaralar olib bordi va yakunda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 14 ta yangi hujjat imzolandi”, – deyiladi xabarda.