AQSH va NATO kabi harbiy ittifoqlar Ukrainadagi inqiroz uchun javobgar bo‘lishi kerak. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mao Nin matbuot anjumanida Shimoliy Atlantika alyansi rahbari Yens Stoltenbergning Rossiyaga qurol-yarog‘i yetkazib berilgan taqdirda XXRga qanday oqibatlar olib kelishi to‘g‘risidagi bayonotini izohlar ekan shunday bayonot berdi.

“Agar Ukraina muammosi uchun javobgarlik haqida gapiradigan bo‘lsak, men AQSH va NATO kabi harbiy bloklar buni o‘z zimmasiga olishi kerak, deb hisoblayman. Shimoliy Atlantika alyansining Xitoyni qoralash yoki unga bosim singari maqomga ega emas”, dedi u.

Diplomat ta’kidlaganidek, XXR avvaldan tinchlik muzokaralarini ilgari surishni qo‘llab-quvvatlagan.

“Tarix oxir-oqibat kimning adolatli va to‘g‘ri pozitsiyada bo‘lgani to‘g‘risida hukm chiqaradi”, dedi Mao Nin.

5 aprel kuni Stoltenberg NATO qarorgohida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Rossiyaga qurol yetkazib bersa, Xitoyni jiddiy oqibatlar kutib qolishi mumkin”ligini aytgan edi.

Shuningdek, u Xitoy Rossiya bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilayotganini ta’kidlagan edi.

O‘zA