“Politico” axborot agentligi xabariga ko‘ra, Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli ta’kidalshicha, ayni kunlarda Ukrainani NATOga qabul qilish emas, balki harbiy jarayonda mamlakatga yordam berish haqida o‘ylash kerak.

– 2008 yil NATOning Buxarestda bo‘lib o‘tgan sammitida Ukraina oxir-oqibat alyansga qo‘shilishi bo‘yicha majburiyatini tan olgan, ammo bu masala keyingi bosqichda muhokama qilinishi maqsadga muvofiq, – dedi vazir.

Uning fikriga ko‘ra, asosiy masala, albatta, o‘zini-o‘zi himoya qilish. Ukrainaliklar hozir yuz berayotgan siyosiy vaziyat kelajakda takrorlanmasligini istaydi. Ayni payt NATO ittifoqchilari ham ushbu mamlakatning a’zolikka intilishi borasida turlicha fikr bildiryapti.

Nashr yozishicha, London va Vashington siyosiy masalani keyinga qoldirib, Kiyevga zudlik bilan amaliy yordam berishga e’tibor qaratmoqchi.