Turkiya iyun oyi boshida Finlyandiya va Shvetsiya bilan uch tomonlama uchrashuv tashkil qilishni rejalashtirmoqda, unda Stokgolmning NATOga kirishi istiqbollari muhokama qilinadi. Bu haqda Turkiya davlat rahbarining rasmiy vakili Ibrohim Kalin “Anadolu” agentligiga bergan intervyuda aytib o‘tgan.

“Shvetsiya o‘z majburiyatlarini  hali to‘liq bajarmagan. O‘tgan hafta Anqaraga kelgan Shvetsiya delegatsiyasi  bilan bu masalalarni ko‘rib chiqdik. Parlamentimiz Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasini ma’qulladi, iyun oyi boshida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldik”, dedi Kalin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 1 iyun kuni Shvetsiyada yangi aksilterror qonunchiligi kuchga kiradi.

“Mazkur qonun bo‘yicha Stokgolmning NATOga qo‘shilishidan so‘ng o‘z majburiyatini bajarish bo‘yicha yengilliklar yaratadi. Unda terror tashkilotlariga qarshi kurashning hududiy asoslari aniq belgilab berilgan”, deb qo‘shimcha qildi u.

O‘zA