Xitoy Los-Anjelesda AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti va Tayvan rahbari Say Inven o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi to‘g‘risida norozilik bildirdi.

“Ushbu harakat “Yagona Xitoy” tamoyilini jiddiy buzadi, mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligiga zarar yetkazadi hamda “Mustaqil Tayvan” tarafdorlariga noto‘g‘ri tushuncha beradi”, deyiladi XXR TIV e’lon qilgan bayonotda.  

Shuningdek, hujjatda AQSHni “o‘z majburiyatlarini buzishda va Tayvan bilan rasmiy delegatsiyalar almashish, qurol sotish va harbiy ittifoqlar tuzish ko‘rinishidagi transchegaraviy provokatsiyalarni davom ettirishda” aybladi, deb xabar berdi “Sinxua” agentligi TIV bayonotiga tayanib.

“Reuters” ma’lumotiga ko‘ra, Makkarti va Inven darajasidagi siyosatchilarning AQSHda uchrashuvi 1979 yildan beri o‘tkazilmagan edi.

“Biz birga kuchli bo‘lamiz. Tayvan biz tomonda turgani va bizning turmush tarzimizni qo‘llagani uchun Qo‘shma Shtatlardan minnatdormiz”, dedi Inven.

Makkartining bayonotiga ko‘ra, “Xitoy menga qayerga borishim mumkinligini yoki kim bilan uchrashib, suhbatlashishimga ko‘rsatma berishi mumkin emas.  Xitoyning “javob choralari to‘g‘risida zaruriyat ham yo‘q” va “bizning maqsad vaziyatni keskinlashtirish emas”, dedi siyosatchi.

 

O‘zA