FOTOREPORTAJ

Bugun poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi “Womenʼs Olympic Football Tournament Paris 2024” turniri doirasida Butanga qarshi bahs olib bordi.

Shu bilan O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining ayollar futboli bo‘yicha Osiyo mintaqasi saralash bosqichidagi ishtirokini boshladi.

Uchrashuvda sportchilarimiz Butan darvozasiga javobsiz 9 ta gol urdi.

O‘zbekiston – Butan 9-0.

Gollar: Diyora Habibullayeva 2′, 20′, 45′, 48′, 73′, Lyudmila Karachik 30′ (p), 42′, Aziza Norboyeva 51′, Maftun aShoyimova 90′.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA