AQSH maxsus xizmati sobiq prezidentlarni umrbod qo‘riqlashi kerak, agar Nyu-York sudi Donald Trampga qamoq jazosi belgilagan taqdirda ham, u ushbu imtiyozdan foydalanishga haqqi bor, deya ko‘rsatilgan Kongress tomonidan belgilangan qonunda.
Amerika qonun chiqaruvchilari 1965 yilda Maxfiy xizmat sobiq davlat rahbarlarini umrbod qo‘riqlashini tasdiqlagan. “Sobiq prezidentni va uning rafiqasini, agar o‘zlari rad etmasa, umrbod qo‘riqlashga majbur”, – deyiladi qabul qilingan hujjatda.
O‘tgan seshanba kuni Nyu-York sudi Donald Trampga qarshi 34 epizod bo‘yicha ayblov e’lon qildi. Ayblov ro‘yxatida uning tadbirkorlik bo‘yicha hujjatlarni qalbakilashtirgani bo‘yicha ham epizodlar bor.
Agar Trampning aybdorligi o‘z isbotini topsa, unga nisbatan qo‘yilgan jami 34 ta ayblov epizodining har biri uchun 4 yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutiladi, ya’ni jami muddat 136 yilni tashkil etishi mumkin, deyiladi xabarda.