Bugun dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Yaponiyaning Tokio shahriga yo‘l oldi.

Terma jamoa murabbiylar kengashining qaroriga ko‘ra, xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida Dilshodbek Baratov, Kamoliddin Baxtiyorov, Sardor Nurillayev, Muhriddin Tilovov, Obidxon No‘monov, Murodjon Yo‘ldoshev, Muso Sobirov, Davlat Bobonov, Jahongir Mamatraimov, Muzaffarbek To‘raboyev, Alisher Yusupov, Shohruh Baxtiyorov ishtirok etadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadisning bildirishicha, kunchiqar yurtda 19 aprelga qadar davom etadigan mashg‘ulotlar yakuniga ko‘ra, 7-14 may kunlari Qatarda o‘tadigan jahon chempionatida vatanimiz sharafini himoya qiladigan terma jamoa tarkibi e’lon qilinadi.

Ayollar terma jamoasi a’zolari mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashish uchun 7 aprel kuni Yaponiyaga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida mamlakatimiz sportchilari 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, 82 ta terma jamoa orasida umum jamoada 3-o‘rinni egallagandi.

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA