Yaqinda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati Indoneziyada o‘tkazilmasligi ma’lum bo‘lgan edi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, Peruda rejalashtirilgan U17 jahon chempionati ham boshqa mamlakatga berilishi oydinlashmoqda.

FIFA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, turnirni o‘tkazish uchun zarur infratuzilma belgilangan muddatda tayyor bo‘lmagani hamda Perudagi moliyaviy yetishmovchilik oxir-oqibat jadvalga ta’sir ko‘rsatgan.

Mutaxassislar fikricha, jahon chempionati o‘tadigan inshootlarda qurilish yakunlanmagani musobaqani Peruda tashkil etishga monelik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur turnir joriy yil 10 noyabr-2 dekabr kunlariga belgilangan.

T. Ro‘ziyev, O‘zA