YUNESKO Bosh direktori Odri Azule dushanba kuni tashrif bilan Kiyevga keldi, deb xabar tarqatdi Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Emine Japarova ijtimoiy tarmoq orqali.
“Ukrainaning YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyasi raisi sifatida men Odri Azuleni Kiyevda kutib olishdan xursandman”, – deb yozgan u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
YUNESKO yanvar oyida xavf ostida qolayotgan Odessa markazini tarixiy meros ob’ekti, deb e’lon qilgan edi.
Avvalroq Frans Press agentligi tarixiy meroslar bo‘yicha qo‘mitaning favqulodda bo‘lib o‘tgan majlisida 6 mamlakat shahar arizasini qo‘llab-quvvatlagani, 14 tasi betaraf qolgani haqida yozgan edi. Rossiya qarshi ovoz bergan.
YUNESKO rahbari Odri Azulening ta’kidlashicha, ushbu qadam Odessani vayron bo‘lishidan himoya qilish bo‘yicha jamoaviy qaror bo‘lganini namoyish qildi.