Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukrainadagi jangovar harakatni to‘xtatish, texnikani ko‘chirish va ikki tomondan qurol-yaroq uzatish huquqisiz sulh e’lon qilish taklifini kiritdi. Bu haqda “Anadolu” yozgan.

Bugun davlat rahbari belarus xalqi va Milliy assambleya (parlament)ga an’anaviy yillik murojaatini taqdim etdi.

Ukrainadagi vaziyatni sharhlar ekan, Lukashenko G‘arb Minsk muzokarasida qo‘lga kiritilgan vaqtdan Ukrainani harbiylashtirish uchun foydalanganini aytdi.

— So‘nggi o‘n yilliklar mobaynidagi barcha ma’lum qaynoq to‘qnashuv G‘arbning butun dunyoni o‘ziga bo‘ysundirishdek cheksiz istagi bilan boshlandi”, — dedi siyosatchi. — Ufqda yadro yong‘ini bilan uchinchi jahon urushi ko‘rinyapti. Faqat birgina to‘g‘ri yo‘l bor – muzokara.

– O‘sha payt Ukrainadagi asosiy tashqi siyosat tendensiyasi NATOga qo‘shilish va Shimoliy Atlantika blogi harbiy bazalarini mamlakat hududida joylashtirish maqsadi bilan bog‘liq edi, – deya o‘tmishni esladi Belarus yetakchisi. – Xavfsizlikka tahdidni hisobga olgan holda, Rossiya Federatsiyasi Qrimni o‘z tarkibiga kiritish orqali favqulodda chora ko‘rishga majbur bo‘ldi. Ukraina sharqi – Donbassdagi voqealar ruslar bilan bog‘liq hamma narsani yo‘q qilish siyosatining davomi sifatida namoyon bo‘ldi.

O‘zA