NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya parlamentining Finlyandiyani al’yansga qo‘shilishini ma’qullaganini qo‘llab-quvvatladi.
Ovoz berish juma kunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan. Shunday qilib, Turkiya Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlagan 30 ta a’zo mamlakatning biriga aylandi.
“Men Turkiya parlamentining ushbu qarorini qo‘llab-quvvatlayman, qaror Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishini ratifikatsiyalash jarayonini yakuniga yetkazadi. Bu NATOning barcha a’zosini kuchli va xavfsiz qiladi”, – deb yozdi u ijtimoiy tarmoq orqali.
Finlyandiya va Shvetsiya o‘tgan yili Ukrainada urush boshlangandan keyin NATOga qo‘shilishini bildirib ariza yozgan edi. 2023 yilning boshigacha ikki mamlakatning NATOga qo‘shilishini alyansning 30 ta a’zosidan 28 tasi yoqlagan. Biroq Vengriya va Turkiya shvedlarning arizasini finlarnikidan alohida tarzda ko‘rib chiqish istagini bildirgan.