Singapurda suv polosi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi munosib natijaga erishdi.

Murosasiz bahslar sarhisobiga ko‘ra, hamyurtlarimiz saralash musobaqalarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Ammo, final ostonasida Tailand va Qozog‘iston vakillariga yo‘l bergan holda 3-o‘rin bilan kifoyalandi.

O‘z navbatida 1-o‘rin qozog‘istonliklarga, 2-o‘rin Tailand terma jamoasiga nasib etdi. Hamyurtlarimiz qit’a chempionatini bronza medali bilan yakunladi, deyiladi Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati xabarida.

T.Ro‘ziyev, O‘zA