Saudiya Arabistoni hukumati Arab davlatlari ligasining navbatdagi sammitini o‘tkazishga rozilik bildirdi. Tadbir 19 mayga belgilangan.

Oxirgi sammit 2022 yil noyabr oyida Aljirda bo‘lib o‘tgan edi. “The National” gazetasi yozishicha, Suriyaning Arab davlatlari ligasiga qaytishi sammit kun tartibidagi muhim masala sifatida ko‘rilyapti.

2011 yil aholi namoyishi hukumat tomonidan shafqatsiz bostirilishi tufayli Suriyaning uyushmaga a’zoligi to‘xtatilgan edi. Keyinchalik qo‘zg‘olon  fuqarolik urushiga aylanib ketgan.

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri mamlakatdagi  gumanitar vaziyatni yaxshilash maqsadida Damashq bilan muloqot o‘rnatish zarurligini ta’kidlagan.

G.Abdullayeva, O‘zA