Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 26-27 aprel kunlari Qozog‘iston Xalq assambleyasi sessiyasini chaqirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Prezident Toqayev “Adolatli Qozog‘iston: birlik, barqarorlik, taraqqiyot” shiori ostida o‘tadigan navbatdagi XXXII sessiyasini o‘tkazish farmonini qabul qildi. Xalq assambleyasining sessiyasi 26-27 aprel kunlari Ostonadagi Tinchlik va totuvlik saroyida o‘tkaziladi, deyiladi xabarda.

Xalq assambleyasining asosiy vazifalari – davlat milliy siyosatini amalga oshirish, Qozog‘istonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash va millatlararo munosabatlar sohasida davlat va jamiyatning fuqarolik institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirishdan iborat.

Hozir Qozog‘istonda 125dan ortiq millat va elat, jumladan, qozoqlar, o‘zbeklar, ruslar, ukrainlar, nemislar, koreyslar, uyg‘urlar, qirg‘izlar, yahudiylar, armanlar, gruzinlar va boshqa vakillar istiqomat qiladi.

 

O‘zA