Xushxabar
Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirining ilk kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. -52 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan hamyurtimiz Diyora Keldiyorova musobaqa g‘olibiga aylandi.
Barcha bellashuvlarni muddatidan avval yakunlab kelayotgan samarqandlik dzyudochimiz finalda ham chempionlik uchun ko‘p vaqt sarflamadi. “Tokio – 2020” Olimpiadasi chempioni kosovolik Distriya Krasnichi atigi 40 soniya ichida taslim etildi.
Bu Diyora Keldiyorova uchun “Katta dubulg‘a” turnirlaridagi to‘rtinchi oltin medal hisoblanadi. Ushbu g‘alaba orqali u jahon reytingi uchun 1000, “Parij–2024” yo‘lida 500 ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi, – deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
O‘zA