Ukrainada Xalqaro jinoyatlar sudi (XJS) vakolatxonasini ochish haqidagi kelishuv payshanba kuni Gaagada imzolandi, deb xabar tarqatdi Ukraina bosh prokurori idorasi.
“Payshanba kuni Gaagadagi Xalqaro jinoyatlar sudi binosida bosh prokuror Andrey Kostin XJS kotibi Piter Lyuis bilan birga ushbu tashkilotning Ukrainada vakolatxonasini ochish bo‘yicha kelishuvni imzoladi”, – deyiladi bosh prokuror idorasi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi kanali orqali tarqatgan xabarida.
XJS yurisdiksiyasini sayyoramizdagi ko‘plab mamlakatlar tan olmagan. Ular orasida Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Misr, Hindiston, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Saudiya Arabistoni, AQSH, Turkiya kabi davlatlar ham bor.