Politico nashrining yozishicha, Fransiya milliy majlisida deputatlarga TikTok, WhatsApp va Telegram kanallaridan kamroq foydalanish maslahat berilgan.
Xabarda mazkur tavsiya TikTok, Snap, WhatsApp va Instagram, shuningdek, Telegram va Signal ijtimoiy tarmoqlariga tegishli ekani keltirilgan.
Hujjatda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlar xorijiy razvedka xizmatlari foydalanishi mumkin bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash ehtimoli yuqori.
Deputatlarga birgalikda ishlash uchun Fransiyaning PO WIMI tarmog‘idan foydalanish maslahat berildi.
Avvalroq Fransiya Vazirlar Mahkamasining rasmiy vakili Olive Veran Prezident Emmanuel Makron hamda hukumat a’zolari Xitoyning TikTok ilovasidan foydalanishni to‘xtatganini ma’lum qilgan edi.