Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda xokkey bo‘yicha davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionatida mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari kecha Mo‘g‘uliston vakillarini o‘z uyida mag‘lub etib, 9 ochko jamg‘argan holda yakka peshqadamga aylandi.
O‘zbekiston xokkey federatsiyasi ijrochi direktori Elbek Mahmudovning bildirishicha, shiddatli va o‘ta kuchli ruhiy bosim ostida o‘tgan o‘yinda hamyurtlarimiz mo‘g‘ulistonlik raqiblarini 7:4 hisobida mag‘lub etdi.
Bugun, 15 mart kuni yosh xokkeychilarimiz qit’a chempionatining 4-tur bahsida musobaqada 3 ochko bilan 5-o‘rinda borayotgan Tailand terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Mazkur uchrashuvda yurtdoshlarimiz g‘alaba qozonsa, chempionat g‘olibligini muddatidan avval rasmiylashtirishga muvaffaq bo‘ladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA