Assalomu alaykum xabaringiz bor O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida Avstraliyani mug‘lub etib , jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. ushbu yoshdagi jahon kubogi Indoneziyada bo‘lib o‘tadi. Turnirga qur’a tashlash marosimi esa 31 mart kuni ushbu mamlakatning Bali orolida o‘tkaziladi.

FIFA qur’adan oldin jamoalarni savatchalarga ajratishda o‘zgacha yo‘l tutishga qaror qildi: Ya’niy ishtirokchi mamlakatlarning ushbu yoshdagi terma jamoasining so‘nggi 5ta musobaqadagi natijalarini ball ko‘rinishida hisoblashga qaror qildi. Bunda o‘z qit’asida chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoalar (AQSH, Senegal, Angliya, Yangi Zelandiya, Braziliya va Osiyo chempioni) qo‘shimcha ballga ega bo‘ladi. Ayni paytda ishtirokchi jamoalar to‘plagan ochkolar va savatchalar quyidagicha:

1 Savatcha Indoneziya Urugvay AQSH Fransiya Senegal Italiya  

2 Savatcha Angliya Janubiy Koreya Yangi Zelandiya Braziliya Yekvador Kolumbiya 3 Savatcha Nigeriya Yaponiya O‘zbekiston Iroq Gonduras Fidji  

4 Savatcha Gvatemala Dominikan Gambiya Isroil Slovakiya Tunis  

Qur’ada 24 jamoa 6 guruhga bo‘linadi. Bir qit’a vakillari bir guruhdan o‘rin olmaydi. Shu o‘rinda qiziq bir fakt. Agar bu turnirda Janubiy Koreya g‘alaba qozonsa, jamg‘argan ochkolari ortadi va avtomat ravishda birinchi savatchadan o‘rin egallash huquqini qo‘lga kiritadi.Umid qilamiz-ki, bizni (U20) jamoamiz bunga imkon qoldirmaydi. Ertaga 19:00 da Bunyodkor stadionida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogining yarim finalida Koreyaga qarshi uchrashuv o‘tkazadi. Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.

Shahnoza Toshtemirova, Yoqub Meliboyev (video), O‘zA