Vashington XXR raisi Si Szinpinning Vladimir Zelenskiy bilan aloqa qilishini qo‘llab-quvvatlaydi, chunki Pekin Kiyevning Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha fikrini eshitishi kerak, deb bayonot berdi dushanba kuni AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan.
Avalroq Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib XXR raisi Vladimir Zelenskiy bilan onlayn-uchrashuv o‘tkazmoqchi, deb ma’lumot tarqatgan edi. Bu uchrashuv katta ehtimol bilan Si Szinpin Moskvaga tashrifini yakunlagandan keyin bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda. Zelenskiyning Si Szinpin bilan mazkur uchrashuvi o‘tgan yil 24 fevraldan keyingi ilk muloqoti hisoblanadi.
“Biz bunday aloqalarni qo‘llab-quvvatlaymiz va rais Si Szinpinni bunday muloqotlarga chaqiramiz. Bizning fikrimizcha, XXR raisi nafaqat Rossiya nuqtai nazarini, balki Ukraina nuqtai nazarini ham eshitishi kerak. Shu bois, biz suhbat bo‘lib o‘tishini qo‘llab-quvvatlaymiz”, – dedi Sallivan brifingda.