Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus tuzilma veb-saytida e’lon qilingan xabarda koronavirus pandemiyasi 2023 yil tugashiga umid qilishini bildirgan.

“Ishonchim komilki, joriy yilning qaysidir kunida biz “COVID-19” xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat va pandemiya sifatida yakunlandi, deya olamiz”, dedi u.

Gebreyesus, shuningdek, epidemiyaga javobni ancha vaqtdan beri xossalab kelgan “beparvolik vahima davrini” takrorlamaslik uchun saboq olish zarurligini ta’kidladi.

2020 yil yanvar oyi boshida Xitoyda koronavirusning yangi turi kelib chiqishiga noma’lum virusli pnevmoniya epidemiyasi sabab bo‘lgani rasman e’lon qilingan edi. O‘sha yili 11 mart kuni esa JSST rahbari yangi virus tarqalishi pandemiya xususiyatiga egaligini aytgandi.

 

O‘zA