Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy Tehrondagi “Saadobod” madaniy-tarixiy majmuasida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi.

Muloqot davomida  Belarus va Eron  o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, konsullik, ilmiy-texnikaviy, ta’lim, madaniyat, san’at, ommaviy axborot vositalari va turizm sohalaridagi hamkorlikni ko‘zda tutuvchi 2023-2026 yillarga mo‘ljallagan yo‘l xaritasi imzolandi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlar rejasi, o‘simliklar  karantini va himoyasi sohasida hukumatlararo kelishuv, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tash uchun topshirish to‘g‘risidagi bitim kabi hujjatlar ham imzolandi.

G.Abdullayeva, O‘zA