Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasida yetti yillik tanaffusdan so‘ng diplomatik munosabat tiklandi. Tomonlar ikki oy ichida tegishli diplomatik vakolatxonalar ochishni rejalashtirishdi.

Pekinda bo‘lib o‘tgan Eron Islom Respublikasi Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniy va Saudiya Arabistoni milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat vaziri Musaid ibn Muhammad al-Ayban o‘rtasidagi uchrashuv yakunida  uch tomonlama bayonnoma imzolandi. Hujjatda qayd etilishicha, “mamlakatlar suverenitet va bir-birining ichki ishiga aralashmaslik tamoyiliga sodiq qolib, savdo, iqtisodiyot, madaniyat, fan va texnika  sohalarida hamkorlikni tiklash niyatida”.

G. Abdullayeva, O‘zA