Turkiyaning janubiy-sharqidagi vayronkor zilzilalar Rossiya tomonidan taklif qilingan gaz xabi loyihasiga tuzatishlar kiritildi, biroq uning qoldirilishi haqida gap yo‘q, dedi “RIA Novosti” agentligiga muzokaralardan xabardor manba.
Rossiya va Turkiya yetakchilari avvalroq Turkiyada gaz xabi yaratish masalasini batafsil ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berishgan edi. Bu xabga, xususan, shikastlangan “Shimoliy oqim” quvurlaridan keladigan gaz ta’minotini ham ko‘chirish mumkin bo‘lar edi. Shu bilan birga, gap Turkiyada nafaqat savdo maydonchasini yaratish, balki janubiy yo‘nalishda infratuzilmani rivojlantirish va ta’minotni ko‘paytirish haqida bormoqda, dedi Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak.
Unga ko‘ra, boshqa davlatlar ham mazkur loyihada ishtirok etishi mumkin.
Masalan, Jazoir, Qatar va Ozarbayjonga ham janubiy yo‘nalish orqali Yevropaga gaz yetkazib berish imkoniyati yaratiladi.
“Zilzilalar mamlakatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida asosiy mavzuiga aylandi. “Asr falokati” oqibatida ba’zi dolzarb masalalarga tuzatish kiritishga majbur bo‘linmoqda. Ana shulardan biri gaz xabi yaratish”, dedi manba.
Xab qurilishi kechiktirilishi haqidagi gap-so‘zlar haqida gapira turib, “hech qanday holatda ham bunday bo‘lmaydi, hamkorlik davom etadi”, degan manba.
Avvalroq Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Aleksey Yerxov Moskva va Anqara o‘rtasida gaz xabi bo‘yicha muzokaralar davom etayotgani, ularning natijasini oldindan taxmin qilish noto‘g‘ri bo‘lishini aytgan edi.
“Gap bir necha oylar haqida emas, balki yillar davomida ishlab chiqiladigan uzoq muddatli loyiha haqida bormoqda, shuning uchun hammasini boshidan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish juda muhim”, degan edi elchi.
O‘zA