Kecha Pekinda jamiyatdagi ishbilarmonlar, ilm-fan sohasidagi, jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan va siyosiy tashkilotlar vakillaridan iborat Xitoy Xalq Maslahat kengashi qo‘mitasining 14-chaqiriq 1-sessiyasi o‘z ishini yakunladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Xitoy Raisi Si Szinpin ishtirok etgan so‘nggi sessiya ishida delegatlar mazkur organning ish uslubi, davlat maslahatchilarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasidagi keyingi islohot va o‘zgarishlarga oid takliflarini ko‘rib chiqish bo‘yicha bir qancha qarorlar qabul qildilar.

Ta’kidlanganidek, XXR yangi davrda Si Szinpin olib borgan mahalliy xususiyatga ega sotsializm g‘oyasiga mos siyosatni davom ettiradi. Muvaffaqiyatli rivojlanishga ko‘maklashish, davlat tizimini shakllantirish mexanizmini kuchaytirish ham muhim.

Eslatib o‘tamiz, 4-11 mart kunlari bo‘lib o‘tgan sessiyada 2 100 delegat qatnashdi.

O‘zA