Yangilanayotgan Konstitutsiyada ijtimoiy davlatga xos yondashuv ta’lim sohasi bo‘yicha ham ko‘pgina modda va normalarda o‘z ifodasini topmoqda.
Yoshlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Konstitutsiyada belgilanmoqda. Ya’ni, bu bilan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy ta’lim olish imkoniyati kafolatlanmoqda.
Shu bilan birga, nogironligi bor bolalarga o‘z tengdoshlari bilan bir xil ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratish, ya’ni inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha davlat o‘ziga majburiyat olmoqda.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasida pedagog xodimlarga oid qoidalar qayta ko‘rib chiqildi va o‘qituvchi kasbiga nisbatan yuksak hurmatni hamda ularning ijtimoiy himoyasini nazarda tutuvchi alohida yangi modda kiritildi.
Bundan tashqari, davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishi, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy o‘sishi haqida g‘amxo‘rlik qilishi mustahkamlanmoqda.
O‘zA