Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokama etilmoqda.

Navbatdagi masala fuqarolarning saylov huquqidan foydalanishdagi inqilobiy yangilik! Ya’ni Konstitutsiyamizga kiritilayotgan taklifga muvofiq, endilikda qonunlarimizda saylash huquqi cheklangan shaxslar ro‘yxati bo‘lmaydi.

Faqatgina sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin.

Ya’ni yuqorida sanab o‘tilgan shaxslar, ularning saylash huquqi sudning qarori bilan cheklangan bo‘lsagina ular saylovda ishtirok eta olishmaydi, boshqa har qanday vaqtda ular ham saylash huquqiga ega bo‘ladi.

O‘zA